» » Mirobod tumanida YPX va PPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularga tan jarohati yetkazgan yo‘lovchilar ushlandi

Mirobod tumanida YPX va PPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularga tan jarohati yetkazgan yo‘lovchilar ushlandi


Toshkent shahrining Mirobod tumanida 25-mart soat 23:30 larda, Toshkent shahar IIBB YPX inspektori, kichik serjant E.Ergashev va IIBB JTSB PPX brigadasi haydovchisi, safdor B.Isroilovlar A.Fitrat ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtlarida, shu ko‘chada shovqin solib harakatlanib kelayotgan ikkita Lacetti rusumli avtomashinani to‘xtatgani, mashina ichidagi yo‘lovchilar inspektorlarning talablariga bo‘ysunmay, ularga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Lacetti’lardan birini 1991-yilda tug‘lgan S.Mustafina, ikkinchisini 1992-yilda tug‘ilgan K.Mirahmedov boshqarib kelayotgan bo‘lgan. S.Mustafina avtomashinaga tegishli hujjatlarni taqdim qilayotganida ikkala avtomashinada mast holda bo‘lgan yo‘lovchilar, 1990-yilda tug‘ilgan M.Freyberger, 1995-yilda tug‘ilgan R.Mirahmedov, 1994-yilda tug‘ilgan D.Mahmudovlar YPX xodimlarining oldiga kelib faol qarshilik ko‘rsatganlar.

Ushbu hududda xizmat olib borayotgan IIBB PPX va JTSB PPX brigadasi safdori K.Hamidov va kichik serjant Z.Jo‘rayev yordamga kelgan. Biroq, qoidabuzarlar ularning ham qonuniy talablariga bo‘ysunmay ,qarshilik ko‘rsatib, safdor K.Hamidov va kichik serjant Z.Jo‘rayevlarning bosh hamda yuz qismlariga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan. Natijada safdor K.Hamidov va kichik serjant Z.Jo‘rayev O‘zR IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.Freyberger, R.Mirahmedov va D.Mahmudovlar ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют