» » Qashqadaryoda bodi-kameraning ishlayotganiga ishonmay, YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga jarima solindi

Qashqadaryoda bodi-kameraning ishlayotganiga ishonmay, YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga jarima solindi


2020-yil 3-yanvar kuni Qashqadaryoda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida mojaro kelib chiqqani, haydovchi YPX xodimining bodi-kamerasi ishlayotganiga shubxa qilgani haqida xabar berilgandi. Qashqadaryo IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, haydovchining aybi isbotlanib, sud qarori e’lon qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, Koson tuman Ma’muriy sudi 2020-yil 7-yanvar kuni haydovchi Ruslan Karimov ishini ko‘rib chiqqan. Sudga bodi-kamerda yozilgan video ham taqdim etilgan. Sudda keltirilgan dalillar va guvohlarning so‘zi tinglanib, qoidabuzar haydovchi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmagani isbotlangan.

Shunga ko‘ra sud haydovchi Ruslan Karimovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-modda 1-qismi, 135-modda 1-qismi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida ya’ni 669 ming so‘m jarima jazosini tayinlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют