» » Qashqadaryolik haydovchi YPX xodimining bodi-kamerasi ishlayotganiga ishonmadi va xodimga qarshilik ko‘rsatdi

Qashqadaryolik haydovchi YPX xodimining bodi-kamerasi ishlayotganiga ishonmadi va xodimga qarshilik ko‘rsatdi


Telegram kanallarida YPX xodimining bodi-kamerasi ishlamayotgani aytilgan va bunga e’tiroz bildirayotgan haydovchilar tasvirlangan video tarqaldi.

Qashqadaryo IIB axborot xizmatining yozishicha, mazkur voqea joriy yilning 3-yanvar kuni Koson tumani hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 3-yanvar kuni viloyat IIB YHXB YPXB 3-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX inspektorlari kichik serjant M.Bahriddinov va safdor J.Ravshanovlar Koson tuman “Ma’shal” mahallasi hududida joylashgan Pedagogika kolleji ro‘parasida xizmat vazifasini olib borayotgan payt Spark avtomobili haydovchisi shu yo‘lda o‘rnatilgan 5.12 (Avtobus va (yoki) trollebus to‘xtash joyi) yo‘l belgisi ta’sir maydonida to‘xtaganligi va xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanib kelganligi uchun to‘xtatilgan. Kichik serjant M.Bahriddinov avtomashina haydovchisini to‘xtatgach haydovchiga o‘zini tanishtirib, sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha batafsil tushuntirish bergan. Haydovchidan tegishli tartibda hujjatlarini talab qilib olib, hujjatlarini tekshirish davomida haydovchining avtomashina boshqarish uchun taloni yo‘qligini aniqlab, unga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lganda, haydovchi R.Karimov YPX inspektoriga videokamerasi ishlamayotganligini ro‘kach qilib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishiga qarshilik ko‘rsatgan.

— YPX inspektori fuqaro R.Karimovga videokamera ishlamasa taqib yurmasligini tushuntirishiga qaramasdan uni qo‘l telefoniga videotasvirga olib janjal chiqarishga va ommani yig‘ishga harakat qilgan, — deyiladi IIB axborot xizmati tarqatgan ma’lumotda. — YPX inspektori vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda vazminlik bilan vaziyatdan chiqishga harakat qilgan va haydovchi R.Karimovga sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib haydovchiga ushbu ma’muriy bayonnomani tanishtirganida haydovchi ma’muriy bayonnoma bilan tanishib imzo chekib “tanishdim” — deb izoh yozib bergan, shundan so‘ng ma’muriy bayonnoma va transport vositasini ko‘zdan kechirish haqidagi dalolatnoma tuzilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

IIB axborot xizmatiga ko‘ra, fuqaro R.Karimov go‘yoki YPX inspektorlari ishlamaydigan videokamera bilan ishga chiqishganligini, 2020-yil 1-yanvar kunidan videokamerasi yo‘q YPX inspektorlari avtomashina to‘xtatishga va ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga haqqi yo‘qligini targ‘ib qilgan holda o‘zi tomonidan qo‘l telefoniga tushirilgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Aytilishicha, mazkur holat yuzasidan YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2020, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют