» » Qashqadaryoda YPX inspektorini haqoratlagan haydovchi 10 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoda YPX inspektorini haqoratlagan haydovchi 10 sutkaga qamaldi


YPX inspektorini haqoratlagan, uni videotasvirga olib internetda tarqatgan qashqadaryolik haydovchiga 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

15-sentabr, yakshanba kuni soat 10:00 da Qarshi shahridagi Nasaf ko‘chasida harakat xavfsizligini ta’minlash va qoidabuzar haydovchilarni aniqlash vazifasini bajarayotgan YHXB 1-otryad 2-safarbarlik guruhi inspektori Bahodir Jo‘rayev belgilangan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan “Vaz-2106” rusumli 70 B 410 FA davlat raqamli avtomashina haydovchisi Shahriddin Rahmonovni to‘xtatadi.

Va qoidabuzarligini tushuntirib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga kirishadi. Haydovchi esa YPX xodimini haqorat qilib, qo‘pol so‘zlar bilan so‘kadi.

“Eng yomoni haydovchi ichki ishlar xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, unga keskin qarshilik ko‘rsatib telefoniga videotasvirga ola boshlaydi. Ichki ishlar xodimini obro‘sizlantirish va ommaga ichki ishlar xodimiga bo‘ysunmaslikni targ‘ib etuvchi videotasvirni Telegram orqali internetda tarqatadi”, — deydi YHXB matbuot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi Shahriddin Rahmonovning ushbu qilmishi 17-sentabr, seshanba kuni ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

Sud o‘zboshimcha haydovchining qilmishini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 hamda 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar deya baholab, aybdor deb topadi. Sud hukmiga ko‘ra, aybdorga eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida ya’ni 2 million 223 ming so‘m jarima hamda 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют