» » “Kimdir xato qilgan bo‘lishi mumkin”. Tramp Eronda qulab tushgan Ukraina samolyoti texnik nosoz bo‘lganiga ishonmayapti (video)

“Kimdir xato qilgan bo‘lishi mumkin”. Tramp Eronda qulab tushgan Ukraina samolyoti texnik nosoz bo‘lganiga ishonmayapti (video)


AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hududida yerga qulagan Ukrainaning Boeing 337 samolyoti texnik nosozliklar tufayli halokatga uchraganiga ishonmayapti. U bu haqda Oq uyda bergan bayonotida ma’lum qildi, deb xabar bergan CNN.

“Bunga shubham bor. Ushbu mavzuda gapirmoqchi emasman, chunki mendan boshqa odamlarning bu boradagi fikri butunlay boshqacha va gumonlar ham turlicha. Narigi tomonda turganlardan kimdir xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin… Bizda xato bo‘lmagan. Samolyot qulashiga aloqamiz yo‘q”, — degan Tramp.

AQSh prezidenti samolyot noqulay sharoitlarda uchgani, texnik nosoz bo‘lgani haqida gaplar ko‘pligi, biroq u bunga umuman ishonmasligini qayd etgan.

Shuningdek Tramp Ukraina samolyotining tasodifan yoki atayin urib tushirilgani borasida ma’lumotga ega emasligii qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra halokat sabablari layner “qora qutilari” topilgach oshkor bo‘ladi.

Trump on plane that crashed in Iran: "I have my suspicions ... it was flying in a pretty rough neighborhood. Some people say it was mechanical. I don't even think that's a question, personally." pic.twitter.com/2TNJosBPRi

— Aaron Rupar (@atrupar) January 9, 2020

“Juda ayanchli va mudhish voqea sodir bo‘lgan”, — deya Oq uydagi bayonotiga yakun yasagan Tramp.

Mavzuga doir: 

“Ukraina xalqaro avialiniyalari” (MAU)ning Boeing 737 samolyoti Tehrondagi Imom Xumayniy aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan. Samolyot bortida 176 kishi bo‘lgan: ularning 82 nafari eronlik, 63 nafari kanadalik va 11 nafari ukrainalik. Yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kim omon qolmagan. Iordaniyaning Al-Hadath nashri samolyot tasodifan Eron raketasi bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin, deb yozgandi. Eron hukumati esa dvigateldagi alangalanish halokatga sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ukrainaning Tehrondagi elchixonasi terakt va raketa hujumi taxminlari ko‘rib chiqilmayotganini bildirdi. Dahshatli halokat tufayli Eron va Ukrainada 9-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi. Amerika OAV, jumladan CNN manbalari samolyotning qulashiga Eronning raketa uchirishdagi xatosi ham sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют