» » Eron hukumati Ukraina samolyoti halokatiga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi

Eron hukumati Ukraina samolyoti halokatiga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi


Eronda “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Boeing 737 samolyoti halokatiga dvigatelning yonib ketishi sabab bo‘lgan. Meduza’ning yozishicha, bu haqda Eronning Yo‘llar va shaharsozlik vazirligiga tayanib IRNA agentligi xabar bergan.

Vazirlik Boeing’ga raketa urilgani haqidagi xabarlarni rad etgan. “Agar samolyotni raketa urganida u havodayoq portlagan bo‘lardi”, — degan vazirlik vakili Kassir Nizami.

Iordaniyaning Al-Hadath nashri layner tasodifan raketa bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi: samolyot qulagan tunda Eron AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari bergan edi. Bu 3-yanvar kuni Bag‘dod yaqinida eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilishiga javoban amalga oshirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют