» » Pentagon Eronning Ukraina “Boeing”ini tasodifan zenit raketasida urib tushirgan deb hisoblamoqda

Pentagon Eronning Ukraina “Boeing”ini tasodifan zenit raketasida urib tushirgan deb hisoblamoqda


Eronda qulab tushgan “Ukraina xalqaro avialiniyalari” yo‘lovchi samolyoti Sobiq ittifoq davrida yaratilgan “Tor” zenit raketasi bilan urib tushirilgani taxmin qilindi. Bu haqda Pentagon, AQSh razvedkasi va Iroqdagi o‘z manbalariga tayanib Newsweek jurnali xabar bergan.

Nashr manbalari forslarning raketani tasodifan ishga tushirganini ta’kidlamoqda.

CBS News amerikalik siyosatchilarning fikricha Ukraina samolyoti Erib havodan himoya kuchlari tomonidan urib tushirilgan. AQSh Eron radarining ishga tushganini qayd etgan, shuningdek, raketalarning faollashgani haqidagi ikkita chaqnash hodisasini aniqlagan. Ular taxminiga ko‘ra bu “Tor” zenit raketalari, havoga chiqarilganidan keyin kuzatilgan infraqizil nurlar chaqnashi.

CNN telekanali, AQSh hukumati Ukraina samolyoti Eronning raketa uchirishdagi xatosi tufayli qulagani haqidagi farazga qattiq ishonayotgani haqida xabar bergan. Ushbu taxmin Amerika razvedkasi yig‘ayotgan sun’iy yo‘ldosh, radarlar va elektron ma’lumotlar umumlashtirilishi natijasida paydo bo‘lgan. Associated Press nashri ham samolyotning Eron xatosi oqibatida qulagani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan.

Mavzuga doir: Foto: Eronda yuz bergan Ukraina samolyoti aviahalokati oqibatlari

O‘z navbatida Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti samolyoting raketa vositasida urib tushirilganini inkor etmoqda. “Agar raketa yoki raketa snaryadi urib tushirganda samolyot erkin qulagan bo‘lardi”, — deya CNN’ga intervyu bergan tashkilot rahbari Ali Obidzoda.

IHS Markit kompaniyasi ham samolyotning “Tor” zenit raketasida urib tushirilganini xabar qilgan. Kompaniya tahlilchilari uchoq qulagan joydagi fotografiyalar va tasvirlarni o‘rganib shunday xulosaga kelgan.

Mavzuga doir: Ukraina samolyotining Tehrondagi halokati. Eronning Iroqdagi AQSh bazalariga zarbasi. Asosiy ma’lumotlar

9-yanvarda Reuters agentligi AQSh, Kanada va nomi oshkor etilmagan Yevropa davlatlaridan birining razvedka xizmati bergan xabarlar asosida samolyotning texnik kamchilik oqibatida qulaganini aniqlagan. Amerika OAV, jumladan CNN manbalari samolyotning qulashiga raketa uchirishdagi xato ham sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan.

Ukraina xavfsizlik kengashi samolyotning qulashiga zenit raketasining urilishi, terakt yoki dvigatelda texnik nosozlik oqibatida yuz bergan portlash sabab bo‘lgani bo‘yicha versiyalarni o‘rganmoqda.

“Ukraina xalqaro avialiniyalari” (MAU)ning Boeing 737 samolyoti Tehrondagi Imom Xumayniy aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan. Samolyot bortida 176 kishi bo‘lgan: ularning 82 nafari eronlik, 63 nafari kanadalik va 11 nafari ukrainalik. Yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kim omon qolmagan. Iordaniyaning Al-Hadath nashri samolyot tasodifan Eron raketasi bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin, deb yozgandi. Eron hukumati esa dvigateldagi alangalanish halokatga sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ukrainaning Tehrondagi elchixonasi terakt va raketa hujumi taxminlari ko‘rib chiqilmayotganini bildirdi. Dahshatli halokat tufayli Eron va Ukrainada 9-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют