» » Tramp AQSh milliy xavfsizlik kengashidagi maslahatlashuvlardan so‘ng Suriyaga zarba berish haqida qaror qabul qildi

Tramp AQSh milliy xavfsizlik kengashidagi maslahatlashuvlardan so‘ng Suriyaga zarba berish haqida qaror qabul qildi


AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi general Gerbert Makmaster Donald Tramp tomonidan Suriyadagi aviabazaga hujum uyushtirish bo‘yicha qaror qabul qilinishi jarayoniga oydinlik kiritdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. 

“Prezident kimyoviy hujum haqida ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan o‘sha zahoti bu haqda xabardor qilindi. U mazkur hujum va uni kim amalga oshirgani tafsilotlarini ipidan ignasigacha bilishni istadi. Biz harakatlarimizning turli ko‘rinishini muhokama etish uchun Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdik. Prezident bilan 3 ta variantni ko‘rib chiqdik va u ikki variantga to‘xtalib, ularni ishlab chiqishni so‘radi”, — deya ta’kidladi Gerbert Makmaster. 

Generalga ko‘ra, “uzoq davom etgan yig‘ilish va chuqur bahslardan so‘ng prezident harakatni boshlashga qaror qildi”. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют