» » Jizzaxda is gazidan bir oilaning 4 a‘zosi zaharlanib vafot etdi

Jizzaxda is gazidan bir oilaning 4 a‘zosi zaharlanib vafot etdi


Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

“Bugun soat 14:04 atrofida G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga tumandagi Ko‘kgumbaz MFY qarashli Qorong‘ul qishlog‘ida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan D.Sh. xonadoniga chaqiriq qayd etilgan.

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borganida oila a’zolari, xonadon sohibi D.Sh, uning turmush o‘rtog‘i, 1987-yilda tug‘ilgan N.Sh, 6 yoshli o‘g‘li A.Y. hamda 3 yoshli qizi O.Y.da biologik o‘lim aniqlangan. Ularni birlamchi tekshiruvdan o‘tkazilganda ‘is gazidan o‘tkir zaharlanish’ dastlabki tashxisi qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют