» » Yaponiya hukumati odam yashamaydigan 273 ta orolni boshqa mamlakatlar egallab olmasligi uchun milliylashtirdi

Yaponiya hukumati odam yashamaydigan 273 ta orolni boshqa mamlakatlar egallab olmasligi uchun milliylashtirdi


Yaponiya hukumati mamlakatning hududiy suvlar chegarasini va eksklyuziv iqtisodiy zonalarni belgilab turuvchi odam yashamaydigan 273 ta orolni rasman davlat mulkiga aylantirdi. Tegishli qaror Tokioda vazirlar mahkamasining yig‘ilishida qabul qilingan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Milliylashtirilgan orollarning rasmiy egasi bo‘lmagan. Hukumatning fikriga ko‘ra, orollarning rasmiy egasi bo‘lmaganligi qo‘shni davlatlarning, birinchi navbatda Xitoyning ularga nisbatan da’vogarlik xavfini keltirib chiqargan. “Sankey” gazetasi avvalroq xorijiy investorlar orollarni qonuniy tartibda sotib olishi mumkinligi haqida xabar bergan.

Pekin Sharqiy Xitoy dengizidagi Senkaku orollari hududida joylashgan yapon eksklyuziv iqtisodiy zonalari chegaralarini tan olmaydi va bu orollarga da’vogarlik qiladi. Bu hududlar uzoq vaqt yapon fuqarolariga tegishli bo‘lib, xususiy hisoblangan. Biroq 2012-yilda Yaponiya hukumati Senkaku orollarini to‘liq milliylashtirdi va shundan so‘ng Xitoy hukumati bilan keskin nizolar yuzaga keldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют