» » Yaponiya hukumati AQShning aviabazasi yaqinida yashaydiganlarga shovqin sababli 264 mln dollar tovon to‘laydi

Yaponiya hukumati AQShning aviabazasi yaqinida yashaydiganlarga shovqin sababli 264 mln dollar tovon to‘laydi


Yaponiya hukumati AQShning Kadena harbiy-havo kuchlari bazasi yaqinida yashaydigan Okinava prefekturasi fuqarolariga 30 milliard iyena (qariyb 264 million dollar) tovon puli to‘laydi. Tegishli qarorni Okinava prefekturasi Naxa shahri sudi chiqardi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Shu tariqa, sud 22 ming kishidan iborat mahalliy aholining da’vosini qisman qondirdi. Ularning fikricha, AQSh aviatsiyasidan chiqayotgan shovqin ham kunduzi, ham kechasi qonun bilan belgilangan me’yordan oshib ketmoqda va bu sog‘liqqa ta’sir qilmoqda. Shu bilan birgalikda, sud mazkur hududda harbiy samolyotlar va MV-22 Osprey konvertoplanlarining parvozini butunlay taqiqlan talabini rad etdi.

2016-yilning oxirida Okinavada joylashgan AQShning Futemma aviabazasi yaqinida yashaydiganlar arizasiga ko‘ra huddi shunday qaror qabul qilingandi. O‘shanda mahalliy aholi 2,45 milliard iyena (22 million dollar) tovon puli talab qilgandi.

Okinavada AQSh harbiy kuchlarining Yaponiyadagi obyektlarining asosiy qismi joylashgan. Kadena bazasi ham shular jumlasidan. AQSh harbiy obyektlarining joylashuvi mahalliy aholida norozilik keltirib chiqarmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют