» » Sud Qashqadaryoda qoylarni soygan aybdorlarga nisbatan hukm chiqardi

Sud Qashqadaryoda qoylarni soygan aybdorlarga nisbatan hukm chiqardi


Qashqadaryoda dalani payhon qilgan qoylar viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev topshirigiga kora soyib tashlangani haqidaxabarlar paydo bolgandi. Videoda ozgalar mulki bolgan qoylar soyilib, kam taminlangan fuqarolar va ustalarga tarqatilayotgani aytilgan. Oz navbatida viloyat hokimligi Zoir Mirzayev qoylarni soyish haqida topshiriq bermaganinimalum qilgan. Qashqadaryo viloyati prokuraturasiningxabar berishicha, 9-yanvar kuni mazkur holat boyicha sud qaror qabul qilgan.

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati bu ish yuzasidan viloyat prokuraturasi shugullanayotganini malum qilgandi.

Aniqlanishicha, videolavhada Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining viloyat boshqarmasi boshligi A.Aripov, Nishon tumani bolim boshligi A.Rahmatov, tuman IIB boshligi D.Umarov, Otamurod ota fermer xojaligi ish yurituvchisi Sh.Bobonazarov, galla maydonini payhon qilgan 21 bosh chorva mollari egasi A.Azamatovlar ishtirokida viloyat hokimi topshirigiga kora galla maydonini payhon qilingani uchun fermer xojaligi rahbari va payhon qilgan qoy egasiga tegishli 1 tadan (jami 2 bosh) qoyni soyib, kam taminlangan oilalarga tarqatilishi holati aks ettirilgan, deyiladi bayonotda.

Otkazilgan tekshiruv natijasiga kora galla ekinlarini payhon qilinganligi holati yuzasidan Nishon tumani mamuriy sudining qaroriga asosan A.Azamatov Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 104-moddasi 1-qismida korsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga ogohlantirish elon qilinib, payhon natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi taminlangan.

Shuningdek, A.Aripov va A.Rahmatovlar Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 200-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, toplangan hujjatlar korib chiqish uchun Nishon tumani mamuriy sudiga yuborilgan.

Sudning 2020-yil 9-yanvardagi qaroriga kora A.Aripov va A.Rahmatovlarga nisbatan jarima jazosi tayinlangan va mamuriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zarar toliq bartaraf qilinishi taminlangan.

Bundan tashqari, Nishon tumani IIB boshligi D.Umarovning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi otkazilib, uning harakatlari intizomiy kengashda korib chiqilishi belgilangan, deyiladi viloyat prokuraturasi bayonotida.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-01-2020, 10:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -