» » O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Toshkent muzeyi tashkil etiladi. Sobiq O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi binosi o‘rnida

O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Toshkent muzeyi tashkil etiladi. Sobiq O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi binosi o‘rnida


Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga tashrifi davomida sobiq O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, bino rekonstruksiya qilinib, u yerda Toshkent muzeyi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shavkat Mirziyoyev muzeyning konsepsiyasiga oid loyihalar bilan tanishib, uni boyitish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

“Toshkent tarixi, bu yerlik allomalar merosi hali to‘liq o‘rganilmagan. Bu joy ilmiy asoslangan, shaharning buyuk o‘tmishini yoshlarga, mehmonlarga yetkazadigan maskan bo‘lishi kerak”, — deb aytgan Prezident.

Qayd etishlaricha, yangi muzeyni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining filiali tarzida tashkil etib, malakali ilmiy xodimlarni jalb qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiyning haykali qayta o‘rnatilayotgan Adiblar xiyobonini borib ko‘rdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют