» » Foto: O‘zbekiston Milliy bog‘ida okeanarium va yevropacha savdo ko‘chasi barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev qurilishni borib ko‘rdi

Foto: O‘zbekiston Milliy bog‘ida okeanarium va yevropacha savdo ko‘chasi barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev qurilishni borib ko‘rdi


Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ning ko‘ngilochar qismida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Avvalroq Prezident bog‘dagi Adiblar xiyoboni va bo‘lajak Toshkent muzeyida qilinayotgan ishlarni borib ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, Milliy bog‘ hududida zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i barpo etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-sentabrdagi qarori asosida bunyodkorlik ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.

Birinchi bosqichda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, ko‘ngilochar o‘yingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Ikkinchi bosqichda 12 gektar huddudda tematik park, bolalar uchun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi.

Shuningdek, kafe va restoranlar, savdo do‘konlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini ta’minlash maqsadida kashtan, qarag‘ay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.

Istirohat bog‘i to‘liq modernizatsiya qilingach, bir kunda 10 ming kishigacha xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. “Bu aholining mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash bilan birga Toshkent shahrining turistik jozibadorligini ham oshiradi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Shavkat Mirziyoyev bog‘ning yil bo‘yi ishlashini ta’minlash, oilaviy dam olish uchun imkoniyat yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Bog‘da Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi qadimiy obidalar maketini o‘rnatib, yoshlar va sayyohlarning O‘zbekiston tarixiga qiziqishini oshirish muhimligi ta’kidlangan.

“Shu yerda Toshkent shahri tumanlari hokimlari bilan muloqot bo‘ldi”, — deb qo‘shimcha qilgan Prezident matbuot xizmati. Muloqot tafsilotlari ma’lum qilinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют