» » A Seriya. Ibragimovich gol urgan o‘yinda “Milan” g‘alaba qozondi, “Napoli”da mag‘lubiyat, “Inter”da esa durang (video)

A Seriya. Ibragimovich gol urgan o‘yinda “Milan” g‘alaba qozondi, “Napoli”da mag‘lubiyat, “Inter”da esa durang (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 19-turi doirasida 11-yanvar, shanba kuni uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Kunning ilk bahsida “Kalyari” mehmoni bo‘lgan “Milan” safardan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Milanliklar safidagi gollarga Rafael Leau hamda Zlatan Ibragimovich mualliflik qildi.

Turning markaziy bahslaridan bir Rimda kechdi. Unda “Latsio” Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Napoli”ni qabul qilib, 82-daqiqada Chiro Immobile tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.

Kunning so‘nggi bahsi Milanda bo‘lib o‘tdi. Unda Antonio Konte qo‘l ostidagi “Inter” Gasperini boshliq “Atlanta” bilan 1:1 hisobida duran qayd etdi. Mezbonlar safida 4-daqiqada Lautaro Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqada bergamoliklar vakili Gosens hisobni tenglashtirdi.

19-tur bahslari 12-yanvar, yakshanba kuni davom ettiriladi.

A Seriya

19-tur bahslari

11-yanvar, shanba

“Kalyari”—“Milan” 0:2

Gollar: 0:1 – 46 Rafael Leau, 0:2 – 64 Ibragimovich.

“Latsio”—“Napoli” 1:0

Gol: 1:0 – 82 Immobile.

“Inter”—“Atalanta” 1:1

Gollar: 1:0 – 4 Martines, 1:1 – 75 Gosens.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют