» » Markaziy bank axboroti: O‘zbekistonda 2020-yil uchun inflyatsiya prognozi qanday?

Markaziy bank axboroti: O‘zbekistonda 2020-yil uchun inflyatsiya prognozi qanday?


2020-yil uchun inflyatsiyaning bazaviy prognozi 12—13,5 foiz darajasida belgilangan. Bu haqda Markaziy bank axborotida aytiladi.

Markaziy bank 2019-yil davomida qayta moliyalash stavkasini ko‘rib chiqish jarayonida inflyatsiyaning prognoz darajasini o‘zgarishsiz saqlab qoldi.

2019-yil yakunlariga ko‘ra, inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasida shakllanib, 15,2 foizni tashkil etdi.

Ayni paytda 2019-yil davomida inflyatsiya dinamikasi turli yo‘nalishli xususiyat kasb etdi. Xususan, yilning birinchi yarmida yillik inflyatsiya darajasi 13—13,5 foizgacha pasayib, mazkur ko‘rsatkichda ma’lum muddat saqlanib turgandan so‘ng yilning ikkinchi yarmida inflyatsiya dinamikasi o‘suvchi trendga ega bo‘ldi.

Tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi, banklarning kreditlash faolligining oshishi hamda davlat xarajatlarining o‘sishi kabi investitsion va iste’mol talabini rag‘batlantiruvchi omillar, 2019-yilning ikkinchi yarimida nisbatan yuqori inflyatsiya darajasining yuzaga kelishiga olib keldi.

Bunda 2019-yil davomida un va non mahsulotlari narxlarining oshishi yillik inflyatsiyaga ma’lum darajada bosim yaratdi.

Shuningdek, 2019-yilda tartibga solinadigan narxlar o‘rtacha 21,6 foizga, xususan, non — 40 foizga, gaz — 18,8 foizga, elektr energiyasi — 18 foizga va benzin — 17,6 foizga o‘sdi.

Ob-havo sharoitlari meva-sabzavotlar narxlarida o‘z aksini topdi. Xususan, mevalar narxi — 21,4 foizga, kartoshka — 11,7 foizga va guruch — 5,8 foizga qimmatlashdi.

Bundan tashqari, joylarda oziqa-yem zaxiralarining yetishmovchiligi masalasi ham go‘sht mahsulotlarining narxiga ta’sir etdi va ularning narxi 23,4 foizga oshdi.

Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasidagi narxlar o‘sishida tezlashish kuzatildi, bunda yo‘lovchi transporti xizmati — 13 foizga, ta’lim xizmatlari — 22 foizga qimmatlashdi.

2020-yildan boshlab inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish doirasida 2021-yilda inflyatsiya darajasini bir xonali songa, 2023-yilga kelib esa maqsadli ko‘rsatkich — 5 foizga pasaytirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi nazarda tutilmoqda.

2020-yil uchun inflyatsiyaning bazaviy prognozi 12—13,5 foiz darajasida belgilangan.

Inflyatsiyaning prognoz darajasiga erishish maqsadi, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari o‘sish sur’atlarini 20—25 foiz atrofida, ya’ni nominal yalpi ichki mahsulot o‘sishining prognoz qilinayotgan darajasida ta’minlanishini talab etadi.

Shuningdek, soliq-budjet siyosati sohasida umumiy fiskal balans defitsiti qisqarishi nazarda tutilgan. Xususan, umumiy fiskal balans defitsitining 2019-yildagi YaIMga nisbatan 4 foizdan 2020-yilda 2,7 foizga qisqarishi, 2022-yilda 1,5 foizgacha bosqichma-bosqich pasayib borishi va kelgusi yillarda ushbu darajada ushlab turilishi ko‘zda tutilgan.

Bunda lozim darajadagi pul-kredit siyosati olib borilishi va fiskal balans defitsiti qisqarishi sharoitida, xususiy va xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilangan prognoz parametrlarida ushlab turishga xizmat qiladi.

Kelgusi yilda inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlariga erishish uchun iqtisodiyotda real foiz stavkalarining ijobiyligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Bundan tashqari, 2020-yilda inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan muhim tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotda nomonetar omillarning narxlar o‘sishiga ta’sirini minimallashtirish imkonini beradi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют