» » Markaziy bank: inflyatsiya darajasi kutilgandan past darajada bo‘ldi

Markaziy bank: inflyatsiya darajasi kutilgandan past darajada bo‘ldi


Markaziy bankning pul-kredit siyosati sharhiga ko‘ra, 2019-yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya 13,5?15,5 foiz oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilingan edi, deb xabar berdi Spot.

Unga ko‘ra yillik inflyatsiyaning eng yuqori qiymati 2019-yilning I choragida yuzaga kelishi kutilgan.

2019-yil I chorakdagi pul-kredit siyosati sharhiga ko‘ra, inflyatsiya darajasi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari taklifiga mavsumiy omillar ta’siri, QQS bazasining kengaytirilishi hamda milliy valyutaning biroz qadrsizlanishi ta’siri ostida shakllanib, kutilgandan past darajada bo‘lganligi qayd etildi.

2017?2019-yillar I choragi davomida INI va uning tarkibi o‘zgarishi:

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning mart oyi oxirida iste’mol narxlari indeksi bo‘yicha hisoblangan choraklik inflyatsiya o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,6% bandga pasayib, 4,3%ni tashkil qildi.

Avvalgi yillarda kuzatilgani kabi inflyatsiyaning asosiy “drayveri” oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi bo‘lib, uning choraklik inflyatsiyadagi salmog‘i 2,8% bandga teng bo‘ldi. Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari ulushi sezilarli qisqarib 1% bandni va xizmatlar ulushi esa 0,5% bandni tashkil etdi.

Ushbu davrda yillik inflyatsiya ko‘rsatkichlari yanvardagi sezilarli pasayishdan so‘ng, fevral va mart oylarida o‘suvchi tendensiyaga ega bo‘ldi.

Xususan, yanvarda yillik inflyatsiya darajasi 1,3% bandga pasayib, 13%ni tashkil qilgan bo‘lsa, mart oxiriga kelib 13,6%gacha ko‘tarildi.

INI yillik o‘zgarishi va uni tarkibining dinamikasi:

Shuningdek, QQSni soliq solish bazasi kengayishining narx dinamikasiga ta’siri mo‘tadil deb baholanmoqda va ushbu ta’sir kelgusida ham saqlanib qolinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют