» » “Uylarni endi faqat adirlarga quramiz”. Andijon hokimi “Muhtasham yuz yil” serialidagi vaziyatni namuna qilib ko‘rsatdi

“Uylarni endi faqat adirlarga quramiz”. Andijon hokimi “Muhtasham yuz yil” serialidagi vaziyatni namuna qilib ko‘rsatdi


Andijon viloyati O‘zbekistonda aholisi eng zich hudud bo‘lgani bois, endi turar joy binolari faqat adirlarga quriladi; ekin maydonlari qurilish maqsadlari uchun ajratilmaydi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Musulmonbek Ibrohimov xabar bermoqda.

Mavzuga doir:

Andijon viloyati O‘zbekiston hududining 1 foizini tashkil etgani holda, bu yerda mamlakat aholisining 10 foizi istiqomat qiladi. Viloyat hududi Buxoronikidan 9,5 barobar, Farg‘onanikidan ikki barobar, Navoiynikidan esa 25 barobar kichik.

Endi Andijonda ekin yerlariga, paxta, g‘alla maydonlarida uy-joy qurilmaydi, bunday yerlar hech narsaga berilmaydi. Bu mening emas, Prezidentning topshirig‘i. Agar biz bugun paxta, non, don ekayotgan yerlarni berib yuboraversak, 15 yildan so‘ng nima bilan qorin to‘yg‘azamiz, nima bilan tirikchilik qilamiz?

Turklarning “Muhtasham yuz yil” serialini ko‘rgan bo‘lsangiz, odamlar uylarini adirlarga, tog‘larga qurgan. Nima uchun? Chunki yer yo‘q. Bundan buyog‘iga biz ham Andijonda faqat va faqat mana shunday adir ichiga kirib boraveramiz, boshqa yo‘l yo‘q. Tumanlarda ekin ekilmaydigan yer faqat Asaka va Qo‘rg‘ontepada chiqdi.

Boshqa tumanlarda bunda yer topilmagani bois, biz butun viloyatning qurilishini — hamma ko‘p qavatli uylarni mana shu yerga olib kelyapmiz. Ikkinchi masala — mabodo “uy qurib, sotaman” degan tadbirkorlar kelsa, yer, kredit olishda yordam ko‘rsatamiz. Marhamat, qursin. Xonadonlarni odamlarga ipoteka kredit asosida odamlarga sotsin.

Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon viloyat hokimi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют