» » Avstraliya bosh vaziri: Raketa zarbalari prezident Asad tuzumiga qarshi urushning boshlanishi emas

Avstraliya bosh vaziri: Raketa zarbalari prezident Asad tuzumiga qarshi urushning boshlanishi emas


AQShning Suriyadagi aviabazaga raketa zarbasi “prezident Bashar Asad tuzumi tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanganiga tezkor va adolatli javob bo‘ldi”. Bu haqda Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Avstraliya hukumati Qo‘shma Shtatlarning harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Ulardan ko‘zda tutilgan maqsad Suriyadagi tuzumning yana kimyoviy quroldan foydalanish imkoniyatini cheklashga qaratilgan. Raketa zarbalari prezident Asad tuzumiga qarshi urushning boshlanishi emas. Biroq so‘nggi kunlarda yuz bergan hodisalar Bashar Asadning Suriyadagi vaziyatni izga solish bo‘yicha kelgusi harakatlardagi ishtirokini shubha ostiga qo‘yadi”, — deya ta’kidladi Malkolm Ternbull. 

Mamlakat mudofaa vaziri Maris Peyn Pentagon rahbari Jeyms Mettis telefon orqali muloqot davomida bo‘lajak raketa zarbalari haqida uni xabardor qilganini bildirdi. Shuningdek, Avstraliya mazkur operatsiyada ishtirok etmaganini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют