» » Samarqandda majburiy mehnatga qarshi chiqqan “bankir” tuman hokimligi vakili tomonidan kaltaklandi

Samarqandda majburiy mehnatga qarshi chiqqan “bankir” tuman hokimligi vakili tomonidan kaltaklandi


Samarqandda majburiy mehnatga qarshi chiqqan bank xodimi tuman hokimligi vakili tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ma’lum qilmoqda.

[fbvideo link="https://youtu.be/ubAlcU-M_9Y" width="500" height="400" onlyvideo="1"]

“Daryo” muxbiriga Samarqand viloyati, Payariq tumanida paxta mavsumi paytida ro‘y bergan hodisa tasvirga olingan video kelib tushdi. Videoda Payariq tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Akbarali Ernazarov hamda “Xalq banki”ning Payariq tuman filiali xodimi Ikrom Aralov o‘zaro tortishib qolgani aks etgan.

Tahririyat manbasining voqeaga oydinlik kiritishicha, Payariq tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev “bo‘ldi degandan keyin bo‘ldi-da endi, deb Ikrom Aralovni ajratib, uni itarib yuborgan. Otabek Abdullayevning “ellik marotaba sizlarni ajratdim” degan so‘zlaridan anglashilishicha, Akbarali Ernazarov hamda Ikrom Aralov o‘rtasidagi kelishmovchilik uzoq vaqt davom etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Xalq banki”ning Payariq tuman filiali xodimi Ikrom Aralov majburiy mehnatga qarshilik qilgan. Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Akbarali Ernazarov esa uni shu sababli urgan. Aytilishicha, Akbarali Ernazarov ishdan olingan. Ammo tuman hokimligi o‘z vaqtida buni oshkor qilishni istamagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют