» » Dizayner Narimon Grigoryanning jasadi o‘zi ijarada yashaydigan uydan topilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Dizayner Narimon Grigoryanning jasadi o‘zi ijarada yashaydigan uydan topilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Taniqli dizayner Narimon Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan o‘zi ijarada yashaydigan xonadondan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Toshkentda taniqli dizayner Narimon Grigoryan o‘ldirib ketildi

Ma’lum qilishlaricha, Yashnobod tumani Chigil ko‘chasida joylashgan xonadondan Narimon Grigoryanning jasadi topilgani haqida Yashnobod tuman IIO FMB navbatchilik qismiga 14-yanvar kuni soat 11:50 da xabar kelib tushgan.

Alohida qayd etishlaricha, 1985-yilda tug‘ilgan Narimon Grigoryanning murdasida qotillik alomatlari bo‘lgan. Holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Bosh prokuratura matbuot kotibi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют