» » Aftonbladet: Stokgolmdagi terakt bo‘yicha O‘zbekiston fuqarosi gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi

Aftonbladet: Stokgolmdagi terakt bo‘yicha O‘zbekiston fuqarosi gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi


Politsiya Stokgolmdagi terakt bo‘yicha gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Shvetsiya prokuraturasi vakili Karin Rosanderning ma’lum qilishicha, erkak terrorchilik jinoyatlari va qotilliklarni sodir etish gumoni ostida “keyingi tekshiruvlarni o‘tkazish maqsadida” qo‘lga olingan.

SVT telekanalining ikkinchi gumonlanuvchi qo‘lga olingani haqidagi xabari politsiya tomonidan hozircha tasdiqlangani yo‘q.

Hibsda saqlanayotgan erkak politsiya tomonidan 7-aprel oqshomida qo‘lga olingan. Qayd etishlaricha, uning tashqi ko‘rinishi surati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tarqatilgan shaxsnikiga o‘xshash.

Aftonbladet nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxs – Shvetsiyada istiqomat qilib kelatyogan, 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosidir. U, go‘yoki, teraktni sodir etganlikdagi aybini tan olgan. Hibsdagi erkakning tanishi so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchining to‘rt nafar farzandi bor va u hech qachon din va siyosat haqida gapirgan emas.

Hozircha mazkur ma’lumot rasman tasdiqlangani yo‘q.

7-aprel kuni Stokgolm markazidagi piyodalarning asosiy ko‘chasida yuk mashinasi odamlarning ustiga bosib borib, oxiri univermag oynasiga borib urilgan. Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi jarohat olgani aytilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют