» » “Piar-xizmatda prokurorlar ishlasa shunday bo‘ladi”. Toshkent prokuraturasi Narimon Grigoryanning qonli murdasi suratini e’lon qildi, so‘ng o‘chirdi

“Piar-xizmatda prokurorlar ishlasa shunday bo‘ladi”. Toshkent prokuraturasi Narimon Grigoryanning qonli murdasi suratini e’lon qildi, so‘ng o‘chirdi


Toshkent shahar prokuraturasi Telegram’dagi kanalida 14-yanvar kuni o‘ldirib ketilgan taniqli dizayner Narimon Grigoryanning qonga botgan murdasining surati ham aks etgan videoslayd e’lon qildi, so‘ng o‘chirib tashladi. Shunga qaramay, shahar prokuraturasi e’lon qilgan videoslayddan kadrlar internetda tarqalishga ulgurgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 14-yanvar kuni Yashnobod tumanida bir emas, ikkita qotillik yuz bergan (biri — dizayner Narimon Grigoryanning o‘ldirilishi). Toshkent shahar prokuraturasi e’lon qilgan videoslaydda har ikki holatdagi murdalarning suratlari ko‘rsatilgan edi. Bundan tashqari, o‘liklardan birining o‘likxonada ko‘zdan kechirilishi kadrlari ham ilova qilingan bo‘lib, unda hatto murdaning jinsiy a’zolari ham xiralashtirilmagan edi.

Poytaxt prokuraturasining Telegram’idagi videoxabarga ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy munosabatlar bildirila boshlagach, video ham, unga qilingan qilingan matnli xabar ham kanaldan olib tashlandi. Qayd etish joiz, holatga bildirilgan tanqidiy fikrlarning birida shunday deyiladi: “Tashkilot piar-xizmatida piarchilar emas, prokurorlar ishlasa, mana shunaqa bo‘ladi”.

Mavzuga doir: Dizayner Narimon Grigoryan jasadi topilganidan 3 kun avval o‘ldirib ketilgani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют