» » Dizayner Narimon Grigoryan jasadi topilganidan 3 kun avval o‘ldirib ketilgani ma’lum bo‘ldi

Dizayner Narimon Grigoryan jasadi topilganidan 3 kun avval o‘ldirib ketilgani ma’lum bo‘ldi


Avvalroq taniqli dizayner Narimon Grigoryanning jasadi joriy yilning 14-yanvar kuni qotillik alomatlari bilan topilgan haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura ham ushbu xabarni tasdiqladi.

Ma’lumotlarga qaraganda Narimon Grigoryan uch kun avval o‘ldirib ketilgan. Dizaynerning Instagram’dagi sahifasiga esa uning jasadi topilishidan ikki kun avval surat joylangan. Bu ma’lumotlar Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlandi.

14-yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985-yilda tug‘ilgan Narimon Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir: 

Narimon Grigoryan o‘zbekistonlik taniqli dizayner, xalqaro moda namoyishlari, tanlovlari va festivallari ishtirokchisi edi. U 2004—2008-yillarda O‘zbekiston raqs akademiyasida tahsil olgan. U Toshkentda Nariman Grigoryan brendi ostidagi moda uylariga egalik qilardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют