» » O‘zbekistonda ifloslanish darajasini onlayn kuzatish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda ifloslanish darajasini onlayn kuzatish tizimi joriy etiladi


O‘zbekistonda havo, suv va yer resurslarining holatini baholaydigan onlayn ifloslanish xaritasini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan 14-yanvar, seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

Qayd etilishicha, yaqin vaqtgacha Davlat statistika qo‘mitasi, “O‘zgidromet”, Davlat tabiatni muhofaza qilish vazirligi, Suv resurslari va sog‘liqni saqlash vazirligi turli yo‘nalishlarda monitoring olib borgan. Endi ular qatoriga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ham qo‘shildi. Shuningdek, korxonalarning o‘zi ham bu borada o‘z ma’lumotlarini taqdim etmoqda.

“Vaqti-vaqti bilan boshqa muassasalardan yuboriluvchi natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘mitaga kechikib keladi, bu esa vaziyatni o‘z vaqtida nazorat qilish va tegishli choralar ko‘rish imkonini bermaydi. Shuningdek, hamma korxonalar ham monitoring yuritmaydi”, — deb ta’kidlagan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Atrof-muhit ifloslanishini muvofiqlashtirish va monitoring bo‘limi boshlig‘i To‘lagan Abdugaziev.

Ta’kidlanishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab atrof-muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan atmosfera havosining ifloslanish manbalaridan namuna olish va tahlil qilish uchun avtomatik stantsiyalar, shuningdek, ularga tutash hududda joylashgan statsionar kuzatuv punktlari (postlari)ni o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, butun respublika bo‘ylab havo ifloslanishini avtomatik o‘lchash postlari tizimini yaratish hamda havodagi qattiq zarrachalarni ham monitoringga qo‘shish rejalashtirilgan. Tegishli korxona va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan monitoring natijalarini yig‘ib oluvchi zamonaviy axborot tizimi ham yaratiladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi moddiy-texnikaviy bazasini yangilash ko‘zda tutilgan. Keyingi oydayoq bu yerda atmosfera havosini o‘lchash va tahlil qilish imkonini beruvchi qiymati 750 dollar bo‘lgan 2 ta mobil laboratoriya paydo bo‘ladi. Umuman olganda, bu yil qo‘mita hududlardagi (jami 15) tahlil laboratoriyalarini jihozlash uchun budjetdan tashqari manbalardan 6 milliard so‘m yo‘naltiradi.

Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar oqimi paydo bo‘lishi bilan keyingi rejalashtrilgan bosqich — respublika ekologik xaritasini yaratishga o‘tish mumkin bo‘ladi. U real vaqt rejimida atmosfera havosi, suv va yer resurslarining holatini baholashga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga tezda javob qaytarishga yordam beradi. Bu ma’lumotlar faqat mutaxassislarga emas, mamlakatdagi barcha aholi uchun ochiq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют