» » Toshkentda 10-oktabrga qadar “Toza havo” tadbirining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 10-oktabrga qadar “Toza havo” tadbirining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining qo‘shma buyrug‘i talablarini bajarilishi yuzasidan Toshkent shahrida 10-sentabrdan 10-oktabrgacha “Toza havo” tadbirining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda (1-bosqichi 10 apreldan 10-maygacha o‘tkazilgan). Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida YPX maskanlarida va diagnostik stansiyalarda transport vositalarining dvigateli ishlab chiqarayotgan zaharli moddalar miqdori maxsus gazoanalizatorlar yordamida tekshirilmoqda.

Chiqarilayotgan zaharli moddalar miqdori me’yordan ortiq bo‘lgan transport vositalarining haydovchilariga nisbatan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют