» » Brakonyerlardan musodara etilgan baliqlar Toshkentdagi mehribonlik uyiga topshirildi

Brakonyerlardan musodara etilgan baliqlar Toshkentdagi mehribonlik uyiga topshirildi


Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlatbionazorat inspeksiyasi va “Baliqchi” kompaniyasi xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanidagi reyd davomida Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlash holatini aniqladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. 

Qo‘lga olingan brakonyerlar baliq ovlashning eng xavfli va zararli qurollaridan biri — elektr qarmoqdan foydalangani aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur faoliyat oqibatida davlatga yetkazilgan zarar miqdori 42 million so‘mni tashkil etadi.

Oq amur, zog‘orabaliq, tovonbaliq, do‘ngpeshona kabi turlarga mansub 90 kilodan ortiq baliq musodara etildi. Huquqbuzarlarni javobgarlikka tortish va yetkazilgan zararni undirish maqsadida prokuraturaga topshirish uchun materiallar tayyorlanmoqda.

Davlatbionazorat inspeksiyasi rahbariyati qarori bilan musodara etilgan baliq mahsulotlarining barchasi Toshkent shahridagi A. Xlebushkina nomli 22-mehribonlik uyiga topshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, Amudaryo va Sirdaryoda 10-martdan 31-maygacha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyungacha, mamlakatning boshqa suv havzalarida esa 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlashga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют