» » Beshta davlat urib tushirilgan Boeing uchun Erondan tovon puli talab qildi

Beshta davlat urib tushirilgan Boeing uchun Erondan tovon puli talab qildi


Kanada, Shvetsiya, Buyuk Briyaniya, Afg‘oniston va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Tehronda urib tushirilgan Boeing samolyotida halok bo‘lganlarning oilasi uchun Erondan tovon puli talab qildi, deb xabar berdi Meduza.

Ushbu talab aviahalokatga oid vaziyatni muhokama qilish uchun vazirlar ishtirokida Londonda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida bildirilgan. Shuningdek, ular Erondan “puxta, mustaqil va oshkora xalqaro tergovni” ta’minlashni talab qilgan.

Mavzuga doir:

“Ukraina xalqaro avialiniyalari”ga tegishli Boeing 737-800 samolyoti 8-yanvar tongida Eron harbiy havo kuchlari tomonidan urib tushirilgandi. Samolyotda 176 kishi — 82 nafar eronlik, 63 nafar kanadalik, 11 nafar ukrain, 10 nafar shved, 4 nafar afg‘on, 3 nafar nemis va 3 nafar britaniyalik bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют