» » “Habib va Fergyuson bilan jang qilishni xohlayman” — Konor Makgregor

“Habib va Fergyuson bilan jang qilishni xohlayman” — Konor Makgregor


UFC’ning ikki vazndagi sobiq chempioni Konor Makgregor 19-yanvar tongida bo‘lib o‘tadigan Donald Serronega qarshi jangdan so‘ng kimlar bilan to‘qnash kelishni xohlayotganini ma’lum qildi.

“Toni va Habibning jangidan qat’i nazar, ularning ikkalasi bilan ham jang qilishni xohlayman. Men Habib bilan ham Fergyuson bilan ham to‘qnash kelishni istayman. Toni bilan jang qilishi g‘oyasi menga yoqmoqda, sababi axir u bilan vaqtida jang qilishimiz mumkin edi-da. Biz uning ishlari bilan Paradigm kompaniyasida shug‘ullanganmiz. U yerda Toniga yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Biz uni chempionlik sovrinlarisiz ham dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilaridan biriga aylantirdik”, — deydi Konor Makgregor.

Jang haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar va videolarni, shuningdek, onlayn translyatsiyalarni, @Ufcboxuz va @Daryo_sport kanalida kuzatib boring!

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang UFC 249 musobaqasi doirasida 18-aprel sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют