» » Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni jangga chorladi

Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni jangga chorladi


UFC yengil vazn toifasining sobiq chempioni Toni Fergyuson rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedov bilan bo‘lgan kelishmovchiliklari va bo‘lajak janggi haqida gapirdi.

“Men va Habibning jamoasi o‘rtasida tortishuvlar bo‘lgan. Bir marta mehmonxonaga kirganimda ular meni o‘rab olgandi. Bu yigitlar — shunchaki bezorilar to‘dasi.

Bu janjallar Habibga qarshi jang qilish istagimni yanada kuchaytirdi. Biz unga gamburger yeyish va boshqa narsalarga ruxsat beramiz. Bundan rohatlanib qol, ahmoq! Ammo semirib ketma, biz dekabrda jang o‘tkazishimiz kerak.

U jangni qabul qilishi kerak. Sovrinni himoya qil yoki uni topshirib qo‘y, jiddiy aytyapman. Shunchaki kamarni tashla, men bilan jang qilishdan qo‘rqishingni va ketishingni ayt.

Agar aksi bo‘lsa, men jang qilishni istayman. Men bir yilda birgina jang o‘tkazishdan charchadim. Dekabrda jang qilishni istayman”, — deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC prezidenti Deyna Uayt Habibning keyingi raqibi Toni Fergyuson yoki Konor Makgregor bo‘lishi mumkinligi haqida aytgandi.

Yanada ko‘proq UFC va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют