» » “Milan” Olmo transferini hal qildi. Unga “Barselona” ham ko‘z tikkandi

“Milan” Olmo transferini hal qildi. Unga “Barselona” ham ko‘z tikkandi


Zagrebning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Dani Olmo “Milan”ga o‘tadigan bo‘ldi.

Sportske Novosti xabariga ko‘ra, “rossonerilar” Ispaniya terma jamoasining 21 yoshli a’zosi uchun zagrebliklarga 20 million yevro to‘laydi. “Dinamo” bundan tashqari 5 million yevro bonusga ham ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, “Milan” agarda futbolchini sotadigan bo‘lsa, “Dinamo” yana qo‘shimcha 5 million yevroga ega bo‘ladi.

Olmoning o‘zi “Milan” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. U klubda yiliga 2,5 million yevro maosh oladi.

Avvalroq “Barselona” ham Olmoga qiziqayotganligi haqida xabar berilgandi.

Futbolchi joriy mavsum “Dinamo” safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют