» » Rasman: “Barselona” navbatdagi transferini e’lon qildi

Rasman: “Barselona” navbatdagi transferini e’lon qildi


“Betis”da faoliyat yuritib kelgan Xunior Firpo “Barselona” a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

22 yoshli Firpo Kataloniya klubi bilan 5 yillik bitimga imzo chekdi.

“Barselona” Firpo uchun “Betis”ga 18 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari 12 million yevro keyinchalik bonus sifatida to‘lanishi mumkinligi kelishuvga kiritilgan.

Futbolchining tovon puli esa 200 million yevro qilib belgilandi.

Firpo o‘tgan mavsum La Liganing 24 ta o‘yinida ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют