» » Sergey Lavrov AQShning Suriyaga zarbasini Iroqqa bostirib kirish bilan qiyosladi

Sergey Lavrov AQShning Suriyaga zarbasini Iroqqa bostirib kirish bilan qiyosladi


AQShning Suriyaga bergan raketa zarbasi “shundoq ham putur yetgan” Moskva va Vashington munosabatlariga katta talofat yetkazadi. Bu haqda Toshkentdagi matbuot anjumanida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

“Ushbu ig‘volar qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelmasligiga umid qilaman”, — deya ta’kidladi Lavrov.

Vazir raketa hujumini oldindan o‘ylangan vaj asosida amalga oshirilgan tajovuz deb atadi.

“Bu holat 2003-yilda AQSh, Buyuk Britaniya o‘zlarining ba’zi ittifoqdoshlari bilan BMTning Xavfsizlik Kengashi ruxsatisiz, xalqaro huquqlarni qo‘pol buzgan ravishda Iroqqa bostirib kirishini yodga solmoqda”, — dedi Sergey Lavrov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (8-04-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют