» » Turkmanistonda chegaralar yopilganidan so‘ng Erondan kirib keladigan Coca-Cola va tamaki mahsulotlari yo‘qolib qoldi

Turkmanistonda chegaralar yopilganidan so‘ng Erondan kirib keladigan Coca-Cola va tamaki mahsulotlari yo‘qolib qoldi


8-yanvar kuni Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegarada joylashgan o‘tkazish punktlari yopilgani sabab Ashxobodda Eron mahsulotlari taqchilligi yuzaga kelgan, deb xabar beradi “Xroniki Turkmenistana”.

Turli tadbirlar o‘tkazishni reja qilib qo‘ygan Ashxabod aholisi qo‘shni mamlakat bilan chegaralar yopib qo‘yilganidan norozi. Chunki savdo tarmoqlaridan Coca-Cola va Pepsi kabi gazlangan alkogolsiz ichimliklar, shuningdek, Eron tamaki mahsulotlari yo‘qolib qolgan.

Ta’kidlanishicha, Cola’ning mahalliy ishlab chiqarilgan muqobillari sotuvda bor, lekin ko‘pchilik mahsulotning orginalini ma’qul ko‘radi.

Davlat do‘konlaridagi tamaki mahsulotlari bir kishiga ikki qutidan ortiq berilmaydi.

“Erondan olib kelingan tamakilar qimmatroq edi, biroq davlat do‘konidan bir quti olgandan ko‘ra ulardan bir necha dona olgan yaxshi”, — deydi poytaxt aholisi.

Odamlar ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi chegara yaqin vaqt ichida ochilmasa, bu Eron mahsulotlarining taqchilligiga olib kelishidan xavotirda. Bu esa o‘z navbatida narxning oshishiga sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir: Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara postlari yopildi

Hozirda Eron mahsulotlari avvalgi narxda sotilmoqda, biroq mahalliy mahsulot narxlari ko‘tarilishni boshagan. 8-yanvardan boshlab “Arcalyk” tozalangan suvi 8 manatdan 9 manatga oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют