» » Kasbiliklar joriy yilgi qish mavsumida g‘o‘zapoya 1 million so‘mga chiqqanidan shikoyat qildi. Tuman hokim esa buni rad etdi

Kasbiliklar joriy yilgi qish mavsumida g‘o‘zapoya 1 million so‘mga chiqqanidan shikoyat qildi. Tuman hokim esa buni rad etdi


Kasbi tumanining “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqarolar joriy yilgi kuz-qish mavsumida g‘o‘zapoya-o‘tin 1 million so‘mgacha sotilayotganidan shikoyat qildi. Tuman hokimi esa bu gapni rad etdi, — deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

2020-yil 20-yanvar kuni Kasbi tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hokim To‘xtamurod Meyliyev “Daryo” muxbiri savoliga javoban aholi shikoyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Tumanning “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Olim To‘rayev “Daryo” muxbiriga mahallasida tabiiy gaz yo‘qligini aytib, qishda uyni isitish muammo bo‘layotganidan shikoyat qilgandi.

— Bir mashina yoki traktor tirkamasida sotib olinayotgan g‘o‘zapoya-o‘tinning narxi 1 million so‘mga chiqdi, — deydi mahalla ahli. – Boisi, tumanda klaster tashkil etgan xorijiy korxona paxta terib olingach, g‘o‘zapoyasini o‘rib olishga ruxsat bermay undan o‘g‘it sifatida foydalandi. Oqibatda biz o‘tinsiz qoldik. Boshqa fermerlar esa o‘tinga talab ko‘pligi bois, narxni oshirib yubordi.

— Haqiqatan ham xorijiy korxona klaster tashkil etib, g‘o‘zapoyadan o‘g‘it sifatida foydalandi, — deydi Kasbi tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyev. – Ammo barcha yerlaridagi g‘o‘zapoyadan foydalanmadi. Ming gektar maydondagi g‘o‘zapoyadan o‘g‘it sifatida foydalandi. Qolgani aholiga o‘tin sifatida berildi. Shu boisdan o‘tin narxi 1 million so‘mga chiqib ketdi degan gapga qo‘shilmayman.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq tuman hokimi matbuot kotibining belgilanganidan kam oylik-maoshga ishlayotganini ta’kidlab o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют