» » “Mahalla” kengashi raisi o‘z lavozimini tark etdi

“Mahalla” kengashi raisi o‘z lavozimini tark etdi


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashida Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Bu haqda kengash axborot xizmati xabar qilgan.

21-yanvarda o‘tgan yig‘ilishda “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi lavozimiga shu paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rahmat Mamatov nomzodi tavsiya etildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi a’zolari tomonidan Kengash raisining birinchi o‘rinbosari — “Mahalla” hayriya jamoat fondi raisi lavozimiga Rahmat Mamatov nomzodi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

“Mahalla” kengashi sobiq raisi Shavkat Javlonov endi faoliyatini O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining o‘rinbosari vazifasida davom ettiradi.

Mavzuga doir: Mahallalar kengashi raisi: “Partiyalar mahalla tizimiga oid g‘oyalarni ilgari surishmadi”

Javlonov “Mahalla” kengashiga 2017-yilning yanvaridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. Mamatov esa 2017-yil oktabr oyida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlanganidan buyon IIV tizimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga doir: Shavkat Javlonov: “Mahalla raislarimizning hammasida ham kriminal holatlar bo‘lmaydi, deb kafolat berolmayman”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют