» » O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi


Moliya vazirligi sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2016-yilda davlat budjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasiga 6 trillion so‘m ajratilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2020-yilda 14,8 trillion so‘mni tashkil etishi rejalashtirilmoqda (2016-yilga nisbatan qariyb 2,5 baravar yoki 2019-yilga nisbatan 1,23 barobar ko‘proqdir).

Shuningdek, 2020-yilda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilishga 1 491,8 milliard so‘m ajratish nazarda tutilgan (2016-yilga nisbatan esa 6,5 barobarga yoki 2019-yilga nisbatan qariyb 36 foizga ko‘proqdir).

Sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan mablag‘larning ayrim faoliyat turlari kesimida ko‘rinishi quyidagicha:

a) shoshilinch tibbiy yordam muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar xarajatlari uchun 2020-yilda 102,8 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, 2016-yilda 16,3 milliard so‘m ajratilgan;

b) sog‘liqni saqlash sohasining eng og‘ir nuqtalaridan biri bo‘lgan onkologiya muassasalarida davolanadigan har bir bemorning bir kunlik dori vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari uchun budjet mablag‘lari 2016-yildagi 3 250 so‘mdan 2020-yilda 66 227 so‘mgacha oshirildi;

v) aholiga tez tibbiy yordam xizmati uchun har bir chaqiruvga 2016-yilda o‘rtacha 482 so‘mdan ajratilgan bo‘lsa, 2020-yilda bunday xarajat turi uchun 6 700 so‘mdan ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют