» » Polshada toshdan qurilgan uyning qulashi natijasida halok bo‘lganlar soni uch kishiga yetdi

Polshada toshdan qurilgan uyning qulashi natijasida halok bo‘lganlar soni uch kishiga yetdi


Polshaning Svebozditse shahrida portlash sodir bo‘lib, uning natijasida turar joy quladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Vrotslavdagi Davlat yong‘inga qarshi kurash xizmati matbuot kotibi Daniel Muxaning ma’lum qilishicha, voqea natijasida uch kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi jarohat olgan.

Halok bo‘lganlarning ikki nafari yosh bola ekanligi qayd etildi. Jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur favqulodda vaziyatga gaz balloni portlashi sabab bo‘lgan.

“Fojianing sabablari haqida gapirishga hali erta. Ayni damda biz barcha e’tiborni odamlarning qayerdaligini aniqlash va bino vayronalari ostidan ularni qutqarib olishga qaratganmiz”, — dedi Muxa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uyda kamida 15 kishi bo‘lgan. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv guruhlari va besh nafar tibbiy vertolyot ish olib bormoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют