» » Shvetsiya Stokgolmdagi terakt tufayli qochoqlarni qabul qilishni kamaytirmoqchi emas

Shvetsiya Stokgolmdagi terakt tufayli qochoqlarni qabul qilishni kamaytirmoqchi emas


Stokgolmdagi terakt Shvetsiya hukumatinining o‘z migratsiya siyosatini o‘zgartirishiga majbur qilmaydi. Bu haqida 8-aprel, shanba kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Margot Vallstryom ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Biz o‘z migratsiya siyosatimizni davom ettiramiz va avvalgidek boshpana berish huquqini hurmat qilishni davom etamiz. Bu terakt bizni qo‘rqita olmaydi”, — dedi vazir.

Politsiya odamlardan shahar markaziga kelmaslikni iltimos qilayotganiga qaramay, ko‘plab insonlar terakt sodir bo‘lgan joyga gullar va shamlar ko‘tarib kelmoqda. Vallstryom ham shanba kuni voqea joyiga borib, Drottninggatan ko‘chasi panjarasiga gul qo‘ydi.

Shvetsiya 2015-yildan beri 163 ming qochoqlarni qabul qilib, Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida aholi jon boshiga nisbatan rekord ko‘rsatkichga erishdi.

7-aperel, juma kuni Spendrups kompaniyasiga tegishli bo‘lgan o‘g‘irlab ketilgan yuk mashinasi Stokgolm markazidagi Drottninggatan ko‘chasida odamlar ustiga haydagan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kishi jarohat olgan, ulardan to‘qqiz nafarining ahvoli og‘ir, to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Terakt ishi bo‘yicha 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan, uni IShID terrorchilik tashkilotiga aloqasi borligi aytilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют