» » OCh—2020. Janubiy Koreya finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston Olimpiada yo‘llanmasi uchun Avstraliya bilan o‘ynaydi

OCh—2020. Janubiy Koreya finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston Olimpiada yo‘llanmasi uchun Avstraliya bilan o‘ynaydi


Tailand mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining ikkinchi yarim finali 22-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Final yo‘llanmasi uchun kurashda Avstraliya va Janubiy Koreya olimpiyachilari o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuvning 56-daqiqasida Kim Te Von koreyaliklarni oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Li Don Kyon ikkinchi to‘pni kiritdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi musobaqa finaliga yo‘l oldi va chempionlik uchun Saudiya Arabistoni bilan bahs yuritadi. Koreyaliklar shuningdek, Tokio Olimpiadasiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Final o‘yini 26-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga yutqazib, OCh—2020 finaliga chiqa olmadi (video)

Avstraliya esa uchinchi o‘rin uchun bahsda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Mazkur uchrashuv g‘olibi Olimpiadaga yo‘llanma beradigan so‘nggi litsenziyaga ega bo‘ladi. O‘yin 25-yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

OCh—2020 U-23

Yarim final

22-yanvar, chorshanba

Gollar: 0:1 — 56 Kim Te Von, 0:2 — 76 Li Don Kyon

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют