» » Qashqadaryo prokuraturasi: “Kosonlik fuqaro tuman hokimi qarorini olish uchun internetda vahima qilganini tan oldi”

Qashqadaryo prokuraturasi: “Kosonlik fuqaro tuman hokimi qarorini olish uchun internetda vahima qilganini tan oldi”


“Daryo”da kosonlik fuqaro ukalarini qizining nomusiga tegishda va o‘g‘lini o‘ldirishga harakat qilishda ayblagani haqida maqola e’lon qilingandi. Qashqadaryo viloyat prokuraturasining ma’lumot berishicha, fuqaro Husniddin Mirzayev tuman hokimi qarorini olish uchun internetda shov-shuv qilishga uringanini tan olgan. Bu haqda viloyat IIB va prokuratura hamkorligida tashkil etilgan matbuot brifingida ma’lumot berildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Kosonlik Husniddin Mirzayevning muammolari haqida ijtimoiy tarmoqlarda video e’lon qilingach, viloyat prokuraturasi murojaatni o‘rganishga kirishgan.

— Vaziyatni o‘rganganimizda muammo aka-ukalar o‘rtasidagi kelishmovchilik ekani ma’lum bo‘ldi, — deydi viloyat prokuraturasi xodimi Shohrux Haqberdiyev. — Eng yomoni, fuqaro bug‘doyimni olib qo‘yishdi deyish bilan birga, uyi yo‘qligini, uy qurish uchun mo‘ljallagan yer-uchastkasini aka-ukalari tortib olganini aytgan. Holat o‘rganilganda fuqaroga 1999-yil yer-uchastkasi ajratilgani, bu haqda tuman hokimi qarori ham chiqqani ma’lum bo‘lgan. Ammo fuqaro shuncha yil o‘tsa-da, qurilish ishlarini bajarmagan.

Husniddin Mirzayev prokuratura xodimlariga unga uy qurish uchun berilgan yer-uchastkasi haqidagi tuman hokimi qarorini olish uchun blogerlar yordamida internetda shov-shuv qilganini tan olgan.

— Fuqaro unga yer ajratilgani haqidagi tuman hokimi qarorini olish uchun internetda vahima qilganini tan oldi, — deydi Shohrux Haqberdiyev.

Matbuot brifingida ta’kidlanishicha, fuqaro aka-ukalari bilan yarashib olgan.

— Husniddin Mirzayevning “14 tonna bug‘doyimni “uchastkavoy” tortib oldi”, degan gapini ham tekshirib ko‘rdik, — deydi Shohrux Haqberdiyev. — Gap asossiz bo‘lib chiqdi. O‘sha yerga egalik qilgan fermerning aytishicha, reja bo‘yicha davlatga 35 tonna g‘alla topshirilgan. Rejadan ortgan 9 tonna g‘alla esa Husniddin Mirzayevning ukalariga ish haqi sifatida bo‘lib berilgan.

Ta’kidlanishicha, Husniddin Mirzayevning “ukalarim traktorimni sotib yubordi”, degan gapi ham o‘z isbotini topmagan.

— Sotilgani aytilgan traktorni ham borib ko‘rdik, — deydi prokuratura xodimi. — Ma’lum bo‘lishicha, traktor sotilmagan. Qolaversa, traktor Husniddin Mirzayevniki emas, balki akasiniki bo‘lib chiqdi.

Matbuot brifingida ma’lum qilinishicha, fuqaro Husniddin Mirzayev “Daryo”da e’lon qilingan maqola unga ma’qul kelmagani bois, muxbir ustidan tuman prokuraturasiga shikoyat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют