» » Toshkent markazidagi xiyobonda yong‘in yuz berdi

Toshkent markazidagi xiyobonda yong‘in yuz berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri markazida joylashgan xiyobonda yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan xabar berilishicha, Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma’lumotga asosan, 21-yanvar, seshanba kuni soat 20:27 da Mirobod tumani “Ming O‘rik” mahallasi, Amir Temur shohko‘chasida joylashgan “Bolajon” bog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan.

Mirobod tuman yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi belgilangan manzilga soat 20:32 da yetib borgan. Yong‘in soat 20:42 da o‘chirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bog‘dagi eski oshxona ichki qismining besh metr kvadrat maydoni yongan.

Mazkur bog‘ Toshkent xalqaro Vestminster universiteti hamda Toshkent kurantlari yonida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyatida yuz bergan yong‘inda 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют