» » O‘zbekistonda mehnatga ma’muriy majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi

O‘zbekistonda mehnatga ma’muriy majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi


O‘zbekistonda mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik va voyaga yetmaganlar mehnatidan xavfli ishlarda foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qildi. Jinoyat kodeksiga mazkur o‘zgartishlarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolandi. Bu haqda Senat tomonidan ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan 148-1-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsning mehnatidan uning sog‘lig‘i, xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli ishlarda foydalanish shunday qilmish uchun ma’muriy chora qo‘llanganidan keyin sodir etilsa, bazaviy hisoblash kattaligining 25 barobari miqdorida jarimaga tortishga yoki ma’lum huquqdan 3 yilgacha mahrum etishga yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga sabab bo‘ladi.

Ayni paytda qonunchilikda birinchi holatdan keyin bir yil ichida voyaga yetmagan shaxsning mehnatidan takroriy foydalanganlik uchun bazaviy hisoblash kattaligining 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorida jarima nazarda tutilgan.

Shuningdek, kodeksga kiritilayotgan 148-2-moddaga ko‘ra, qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, mehnatga har qanday shaklda ma’muriy majburlash shunday qilmish uchun ma’muriy chora qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, bazaviy hisoblash kattaligining 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolashga yoki ma’lum huquqdan 3 yilgacha mahrum etishga yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlariga sabab bo‘ladi.

Shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan, shunday harakat uchun ma’muriy chora qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, bazaviy hisoblash kattaligining 150 baravaridan 200 baravarigacha jarima bilan jazolanadi yoki ma’lum huquqdan 3 yilgacha mahrum qilishga yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari tayinlanishiga olib keladi.

Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham o‘zgartishlar kiritilgan. Unga ko‘ra, qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, mehnatga har qanday shaklda ma’muriy majburlash uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash kattaligining 50 baravaridan 60 baravarigacha etib belgilandi. Amaldagi jarima miqdori bazaviy hisoblash kattaligining 10 baravaridan 30 barvarigachani tashkil qiladi.

Shu huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan amalga oshirilsa. bazaviy hisoblash kattaligining 70 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi.

Mazkur o‘zgarishlar qonun rasman e’lon qilingan 23-yanvardan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют