» » O‘zbekistonda mehnatga majburlaganlik uchun belgilangan jarima miqdori 10 barobar oshiriladi

O‘zbekistonda mehnatga majburlaganlik uchun belgilangan jarima miqdori 10 barobar oshiriladi


Mehnatga majburlaganlik uchun belgilangan jarima miqdori 10 barobar oshiriladi. Senatning 24- avgust kuni bo‘lib o‘tgan 21-yalpi majlisda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga shu mazmunda kiritiladigan o‘zgartirishlar ma’qullandi.

Hozirda mazkur qonunbuzarlik uchun jarima miqdori EKIHning 1 barobaridan 3 barobarigacha miqdorni tashkil etadi. Yangi tuzatishlar jarima miqdorini 10 barobardan 30 barobarga qadar oshirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, ushbu modda xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgani uchun EKIHning 30 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarima solishni nazarda tutuvchi qism bilan ham to‘ldirilmoqda.

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan shunday huquqbuzarlik sodir etilgan bo‘lsa, EKIHning 30 barobaridan 50 barobarigacha, bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda 50 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют