» » Shavkat Mirziyoyev — Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik haqida: “Xalq vakillari nima desa shu bo‘ladi”

Shavkat Mirziyoyev — Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik haqida: “Xalq vakillari nima desa shu bo‘ladi”


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorlik munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, YeOII bilan hamkorlik munosabatlari va faqat xalq manfaatlaridan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yiladi. Shu bois bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, muhokama qilib, xulosa berishi kerak.

“Xalq vakillari nima desa shu bo‘ladi. Ma’qul desa — ma’qul, noma’qul desa — noma’qul”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. O‘z navbatida, Prezident xalq vakillaridan muhokamalar jarayonida eksport imkoniyatlari, mehnat muhojirlari bilan bog‘liq holatlarni ham inobatga olishni ham so‘radi.

Shavkat Mirziyoyevning qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtda Jahon savdo tashkiloti bilan boshlangan muloqot va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik ham davom ettiriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют