» » O‘zbekistonga 1995-yilgacha kelgan shaxslarga fuqarolik avtomatik tarzda beriladi

O‘zbekistonga 1995-yilgacha kelgan shaxslarga fuqarolik avtomatik tarzda beriladi


Fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlash borasida, navbatdagi muhim qadam qo‘yish zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida.

“Jumladan, O‘zbekistonda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan, lekin O‘zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘la olmayotgan minglab yurtdoshlarimizning ana shu muammosini qonuniy hal qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman”, — dedi Prezident.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, 1995-yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkor. “Bu orqali 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog‘liq, uzoq yillardan buyon yechilmay kelayotgan muammolari hal etiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Vazirlar Mahkamasiga bu masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqib, 2020-yil 1-mayga qadar tegishli qonun loyihalarini taqdim etishi bo‘yicha topshiriq berdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют