» » Tomskdagi yong‘inda 12 kishi halok bo‘lgani aniqlandi

Tomskdagi yong‘inda 12 kishi halok bo‘lgani aniqlandi


Rossiyaning Tomsk viloyatida yuz bergan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda RBK. Avvalroq 11 kishi halok bo‘lgani, ulardan 10 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangandi.

Yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha Tergov qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruvlar davomida yana bir kishining jasadi topilgan. Endi uning shaxsini aniqlash lozim.

Eslatib o‘tamiz, voqea 21-yanvar kuni erta tongda Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Prichulim posyolkasida aholi yashash punktidagi yog‘ochdan qurilgan uyda sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilarga yong‘in haqidagi xabar Moskva vaqti bilan soat 00:05 da kelib tushgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar kelgunga qadar bino to‘liq yonayotgan bo‘lib, undan 3 kishi chiqib ketishga ulgurgan.

Yong‘in bartaraf etilganidan so‘ng qutqaruvchilar 11 kishining jasadini topgan, shulardan 10 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Tergovchilarning aytishicha, ularning barchasi “Grinvud” yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilaridir.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr isitgichning nosozligi sabab bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют