» » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstraliya bilan Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstraliya bilan Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi


Tailand mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati—2020 musobaqasining uchinchi o‘rini uchun bahsda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 25-yanvar, shanba kuni Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi. Uchrashuvda g‘olib chiqqan jamoa Tokio—2020 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Avstraliya olimpiya terma jamoasi musobaqani “A” guruhida boshladi, “kengurular” Tailand, Iroq va Bahraynni ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinni egalladi. Chorak finalda esa Suriya qo‘shimcha bo‘limlardagi gol evaziga taslim etildi. Final ostonasida avstraliyaliklar Janbubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekiston esa Janubiy Koreya, Eron va Xitoy jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi hamda ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Chorak finalda BAA yirik hisobda mag‘lub etildi, yarim final bahsida so‘nggi daqiqalarda Saudiya Arabistonidan o‘tkazib yuborilgan gol final Lyubinko Drulovich shogirdlarini final yo‘llanmasidan quruq qoldirdi.

Musobaqaning final uchrashuvi 26-yanvar, yakshanba kuni Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida kechadi.

OCh—2020 U-23

Uchinchi o‘rin uchun bahs

25-yanvar, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2020, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют