» » TIV rahbari Abdulaziz Komilov: Uxandagi vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelinadi

TIV rahbari Abdulaziz Komilov: Uxandagi vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelinadi


Yangi tipdagi koronavirus tarqalayotgan Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib turgan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba Vatanga qaytariladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’lum qildi, biroq aniq sanalarni aytmadi.

Hozir ular bilan birga ishlayapmiz. Qaytamiz, deyishsa, qolinglar deya olmaymiz-ku, to‘g‘rimi? Albatta, ularni olib kelamiz. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birga, ular kelishlari bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Abdulaziz Komilov, tashqi ishlar vaziri

23-yanvardan boshlab Uxan shahri karantinda bo‘lib, shaharga kirish va undan chiqish taqiqlangan — barcha aviareyslar, temir yo‘l qatnovlari to‘xtatilgan, jamoat transporti ishlamayapti. Koronavirus yuqishi oqibatida 41 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: “Virusning o‘zi Xitoyda, lekin barcha vahimasi O‘zbekistonda bo‘lyapti”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2020, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют