WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Abdulaziz Komilov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining Sochi majlisiga boradi
Abdulaziz Komilov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining Sochi majlisiga boradi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 10-oktabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik istiqbollari va Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
MDH ishtirokchi davlatlarining tashqi siyosat idoralari rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!